Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi 70
(0 366) 210-08-92, 210-08-95
zar.havza@minwater.uz
 
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Bulung‘ur tuman irrigatsiya bo‘limi

NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1. Bulung‘ur tuman irrigatsiya bo‘limi (bundan keyingi matnda - bo‘lim) Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining hududiy organi hisoblanadi hamda tegishli tuman hududida unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshiradi.

2. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Havza boshqarmasining qarorlari va buyruqlariga, viloyat va tuman hokimining qaror va farmoyishlari, boshqa qonun xujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Bo‘lim yuridik shahs hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.

4. Tuman irrigatsiya bo‘limining yuridik manzili: Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, Oqtepa ko‘chasi, 63-uy.

II. Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

5. Bo‘lim suv resurslaridan samarali foydalanish va sug‘orish yerlarning melioratsiyasini yaxshilash siyosatini o‘tkazish hamda tuman suv iste'molchilari uyushmalari faoliyatini boshqarishda mas'ul hisoblanadi.

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • suv xo‘jaligi soxasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish  bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va monitoring o‘rnatish;
  • suv xo‘jaligi obyektlarida ta'mirlash-tiklash ishlari va suvdan foydalanishni boshqarish va monitoring o‘rnatish;
  • gidromelioratsiya (sug‘orish va kollektor-drenaj) tarmoqlarini, nasos stansiyalar (agregatlar), texnika va jixozlarni ta'mirlash va rivojlantirish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
  • suv iste'molchilari assotsiatsiyasining mustaxkam faoliyat yuritishiga har tomonlama ko‘maklashish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • suvdan foydalanishda shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti tamoyillarini hamda suvni tejovchi texnologiyalarini tadbiq etish;
  • suv resurslaridan ratsional va maqsadli foydalanishning hisobini yuritilishini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar tashkil etish, ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalar va tajribalarni tadbiq etish;
  • suv iste'molchilari assotsiatsiyasi mutahassislari va fermer xo‘jaliklari miroblarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;

6. Bo‘lim quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • suvdan foydalanish rejalarini ishlab chiqish, suv resurslari hisobini yuritish va ratsional boshqarishni tashkil qilish, hisobot yuritish, gidromelioratsiya tarmoqlari texnik xolatini va sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ xolatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda suv iste'molchilari assotsiatsiyalariga xar tomonlama uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;
  • suv iste'molchilari assotsiatsiyalarini rivojlanishiga ko‘maklashish va ularning faoliyati ustidan monitoring o‘rnatish;
  • suv iste'molchilari assotsiatsiyalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, fermer xo‘jaliklari va boshqa suv iste'molchilari o‘rtasida suvdan foydalanish, hamda gidromeliorativ tarmoqlarini ta'mirlash va  pudrat ishlarini bajarilishi bo‘yicha shartnomalarni tuzishga  ko‘maklashish va muvofiqlashtirish;
  • suv iste'molchilari assotsiatsiyasining suvdan foydalanish, gidromeliorativ tarmoqlar, nasos stansiyalar (agregatlar)ni tiklash va ta'mirlash bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatga olish va ularni bajarilishi ustidan monitoring o‘rnatish;
  • tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi bilan xamkorlikda suvni tejovchi texnologiyalar va tadbirlarni hamda ilmiy asoslangan sug‘orish rejimlarini tadbiq etish;
  • sug‘oriladigan suvlardan foydalanishni samaradorligini tahlil qilish, qishloq xo‘jaligi bo‘limi va irrigatsiya tizimi boshqarmasiga suv resurslaridan foydalanish va suvni ratsional taqsimoti bo‘yicha takliflar kiritish;
  • meliorativ ekspeditsiya, irrigatsiya tizim boshqarmasi, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi bilan gidromeliorativ tarmoqlar, nasos stansiyalari(agregatlar), suv iste'molchilari assotsiatsiyasining texnika va jixozlarining  texnik xolatini yillik xatlovdan o‘tkazish, shuningdek gidromeliorativ tarmoqlarining texnik xolati va  sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash bo‘yicha yillik chora-tadbirlar ishlab chiqishni tashkillashtirish;
  • suv xo‘jaligi obyektlarning texnik xolatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar, sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ xolatini yaxshilash, suvni tejash va suv resurslaridan ratsional foydalanish bo‘yicha davlat dasturini bajarilishi ustidan monitoring olib borish;

 qatnashadi:

  • suvdan foydalanishda bozor iqtisodiyoti prinsiplari yuzasidan takliflar ishlab chiqib va ularni amalga oshirishda;
  • sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ xolatini yaxshilash, suvni tejash va suv resurslaridan ratsional foydalanish xamda suv xo‘jaligi obyektlarini ta'mirlash, tiklash va rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqishda;
  • irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi suv xo‘jaligi kengashi va irrigatsiya tizimi boshqarmasi suv komissiyasi faoliyatida;
  • qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirilishini optimallashtirish yuzasidan taklif kiritishda;
  • yakunlangan suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini qabul qilish komissiya faoliyatida;
  • suvdan foydalanish va yerlar melioratsiyasi bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni bajarilishini ta'minlash uchun boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi. 

III. Bo‘lim huquqlari

7. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

   muntazam ravishda:

  • suvdan foydalanuvchi assotsiatsiyasi va irrigatsiya tizimi boshqarmasidan irrigatsiya-melioratsiya ishlari va suvdan foydalanishning axvoli to‘g‘risida ma'lumotlarni;
  • nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasidan nasos stansiyalari va skvajinalarning ishlash xolati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni;
  • meliorativ ekspeditsiyadan meliorativ kadastr to‘g‘risidagi ma'lumotlarni;
  • tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirilishi hamda agrotexnik tadbirlani olib borilishi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olish.
  • Boshqa tashkilot va korxonalardan vakolat doirasidagi masalarni xal qilish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni belgilangan tartibda so‘rab olish;
  • Suv va yer  resurslaridan foydalanish bo‘yicha qaror loyixalariga yakuniy hulosalarini berish;
  • Suvdan foydalanuvchilar assotsiatsiyasi obyektlari va boshqa tizimlarda tuzilgan shartnomalar asosida ta'mirlash ishlarini olib borish;
  • Suv iste'molchilari assotsiatsiyasining gidromeliorativ tarmoqlaridan foydalanish, suvdan foydalanishning limitlashtirilgan tartibiga rioya etmaganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan ko‘rsatma berish;
  • Suvdan foydalanish va yerlar melioratsiyasi soxasida qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yuridik va fizik shahslariga o‘z vakolati doirasida majburiy ko‘rsatmalar berish;
  • Suv iste'molchilari assotsiatsiyasi, fermer xo‘jaliklari va boshqa suvdan foydalanuvchilarning manfaatlarini himoya qilib iqtisod (xo‘jalik)  sudlariga da'vo arizalari taqdim etish.

Tuman irrigatsiya bo‘limi qonunda belgilangan boshqa huquqlarga ega. 

8. Bo‘limning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari joylardagi xo‘jalik subyektlari hamda mansabdor shahslar va fuqarolar uchun majburiy deb hisoblanadi; 

IV. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish

9. Bo‘limni boshliq boshqaradi. Bo‘lim boshlig‘i lavozimi bo‘yicha tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari hisoblanadi.

Bo‘lim boshlig‘i tanlov asosida Zarafshon irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan, tuman xokimining bergan tavsiyasi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining kelishuviga binoan tayinlanadi.

10. Bo‘lim boshlig‘i:

  • bo‘lim faoliyatiga yakka boshchilik asosida rahbarlik qiladi va bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shahsan javob beradi;
  • bo‘lim xodimlarini ishga tayinlaydi va ishdan ozod etadi;
  • buyruq va farmoyishlar chiqaradi, bo‘lim xodimlariga bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;

11. Davlat byudjeti mablag‘lari va shuningdek qonun xujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa mablag‘lar bo‘limning moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

12. Bo‘lim faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatiladi.


Kiritilgan vaqti: 04/02/2018 20:45;   Ko‘rilganligi: 1061
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing