Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi 70
(0 366) 210-08-92, 210-08-95
zar.havza@minwater.uz
 
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Suv, ta'lim va hamkorlik”: Markaziy Osiyo yoshlarini do‘stlikka chorlagan loyiha

Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi, AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi(USAID), Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi hamkorligida "Suv, ta'lim va hamkorlik" (Smart Waters) loyihasi  doirasida Qozoq-Nemis universitetining Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalaridan bo‘lgan talabalari, TIQXMMI talabalari Surxondaryo viloyatidagi suv taqsimlash inshoatlari, suv omborlari, nasos stansiyalari, gidroelektro stansiyalari va qadimiy obidalar bilan tanishdi.

Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining "Smart Waters" loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu loyiha AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilib kelinmoqda.

Loyihaning maqsadi o‘zaro hamkorlikning professional tarmog‘ini yaratish, suv resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha strategik maslahatlar berish, shuningdek, salohiyatni oshirish va mintaqaviy muloqotni qo‘llab-quvvatlashdir.

"Suv, ta'lim va hamkorlik" (Smart Waters) loyihasi  doirasida yozgi maktab ishtirokchilari dastlab Surxondaryo viloyatining  tashrif qog‘oziga aylanib ulgurgan madaniy meros obyektlariga tashrif buyurdi.

Ilk tashrif manzili Termiz shahri yaqinida joylashgan «Sulton Saodat» majmuasi bo‘ldi. Bu yerda ishtirokchilarni Termiz davlat universiteti o‘qituvchilari samimiy kutib oldi va talaba-yoshlarga ushbu tarixiy majmua to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi.

Termizdan 3 km. shimoli-sharqda joylashgan obida tarixi juda ajoyib. Bu yerda Muhammad (s.a.v) payg‘ambarimizning  avlodlari dahmasi joylashgan. Ular Muhammad (s.a.v) payg‘ambarning qizi Fotima va xalifa Ali nikohidan tug‘ilgan Imom Hasan va Imom Husaynning avlodlaridir. Majmua bir necha yuz yillar davomida shakllangan. Bu majmua binolarida ishlatilgan g‘ishtlarga ko‘ra, u X-XI asarlarga borib taqaladi.  

Majmuada 30 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Abdurahmon Muazzamov bizni iliq qarshi oldi.


Kiritilgan vaqti: 27/06/2019 15:14;   Ko‘rilganligi: 249
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing