78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Joriy yil 18 fevral kuni Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining Jamoa shartnomasi muhokamasi, Jamoa shartnomasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha boshqarma mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi hamda boshqarmadagi boshlang‘ich Kasaba uyushma tashkilotining hisobot saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi Mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri M.Isayev, Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi  raisi S.Rafikov, O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Samarqand viloyati bo‘yicha masul tashkilotchisi N.Rajabov, Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi Mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri Z.Mamatkulova, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i F.Radjabov hamda boshqarmaning 30 dan ortiq ishchi hodimlari ishtirok edi.

Konferensiyani Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Q.Latipov ochib berdi.

Shuningdek, ish beruvchi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i F.Radjabov so‘zga chiqib, o‘tgan 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida xisobot berdi hamda kelgan 2020 yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar haqida aytib o‘tdi.

Boshqarmada 102 nafar ishchi-xodimlar hisobda turib, ulardan 34 nafari  Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibiga ochiq ovoz berish yo‘li bilan qayta saylandi.


Kiritilgan vaqti: 21/02/2020 16:02;   Ko‘rilganligi: 94
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing