Тадбирлар
SAMARQANDLIK SUVCHILAR BAYRAMNI MUNOSIB NISHONLAYDI
Suvchilar orasida dorilamon kunlarga shukronalar aytish, ehtiyojmandlarga yordam berish, keksalarni e'zozlash, bemorlar holidan xabar olish, mehr-muruvvat, oqibat ko‘rsatish ezgu an'anaga aylangan. Bu fazilatlar, ayniqsa, davlatimiz qomusi bo‘lgan “Konstitusiyamizning 30 yillik” bayrami shuningdek, “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” arafasida joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta'minlash yuzasidan seminar tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda uning tizim tashkilotlarida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
SAMARQANDDA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
2023 yil Samarqand viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning 5 ming 727 gektar sug‘oriladigan g‘alla maydonlarida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar 394 gektar g‘alla maydonida ana shu texnologiya ishga tushirildi. Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan viloyatning Payariq va Narpay tumanlariga uyushtirilgan press-tur chog‘ida shu haqda ma'lumot berildi.
ONA TILI - MILLAT FAXRI
Ona tilining inson hayotidagi ahamiyati, uning taraqqiyoti omillari, o‘zbek tilida yaratilayotgan yangi asarlar haqida suvchilarga ma'lumotl tari berishlari uchun yaqinda boshqarmamizda "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" mavzuida viloyat ijodkorlari ishtirokida adabiy kecha tashkil etildi.