78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

MAHALLIY KORXONALAR MAHSULOTLARI NAMOYISH ETILDI

Jomboy tumanida Samarqand viloyatidagi klaster va fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligi texnikalari, texnologiyalari yarmarkasi va sanoat kooperatsiyasi ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada zamonaviy tejamkor texnologiyalar namoyish etildi. Shuningdek, Germaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Rossiya, Belarus, Turkiya kabi davlatlarning nufuzli ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya hamda korxonalari ishtirokida taqdimotlar o‘tkazildi.

Ishtirokchilar suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarishga va ularni o‘rnatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan xorijiy va mahalliy kompaniyalar, jumladan, Samarqand shahridagi “Asar Mak San”, “AgroBoss” IRRIGATION, “Sag Agro” va Urgut tumanidagi “Ur Gaz” MCHJlarning mahsulotlariga katta qiziqish bildirmoqda.

Ko‘rgazma joriy yilning 13 dekabriga qadar davom etadi.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 12/12/2020 10:25;   Ko‘rilganligi: 68
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing