78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

2018 yilda O‘zbekistonda 1000 ta innovatsion pillaxona tashkil etiladi

«O‘zbekipaksanoat» uyushmasida mamlakatimizda pilla yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra kelgusida yilda ipak qurtini 3-4 marta parvarishlab, mo‘l hosil olish mumkin. Tutzorlarda parrandachilik va asalarichilik, chorvachilik va quyonchilikni rivojlantirish, ikkilamchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish imkoniyati bo‘ladi. Buning uchun har 5 gektar tutzorda bittadan innovatsion pilla yetishtirish maskani barpo etiladi.

2017 yilda Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon va Farg‘onada 150 dan ortiq ana shunday pillaxonalar qurilib, foydalanishga topshirildi. Ularda yiliga ikki marta, hattoki Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida uch marta ipak qurti boqilib, mo‘l hosil yetishtirildi.

Joriy yilda yana mingta, 2023 yilgacha 10 mingta ana shunday innovatsion pillaxonalar qurilib, tayyor mahsulotlar eksporti bir milliard dollarga yetkaziladi.

Manba: UzA

Kiritilgan vaqti: 30/01/2018 17:33;   Ko‘rilganligi: 579
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing