78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

2021-2023 yillarda Samarqandda ikkita yirik suv ombori foydalanishga topshiriladi

Viloyatdagi suv iste'molchilarini kafolatli suv bilan ta'minlash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, ulardagi inshootlarni doimiy soz holatda saqlash maqsadida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 2021-2023 yillarda bir qator irrigatsiya-melioratsiya obyektlari quriladi. Jumladan, 2021 yilda suv yig‘ish hajmi 100 million metr kub bo‘lgan “Bulung‘ur” suv ombori va “Oqchobsoy” suv omborining 2-bosqich qurilish ishlari yakunlanadi. Nurobod tumanidagi suv yig‘ish hajmi 700 ming metr kub bo‘lgan “Anjirli” suv ombori qurilishi boshlanadi.
"Bulung‘ur" suv ombori qurilishi natijasida 21,8 ming gektar, "Oqchobsoy" suv omborining ikkinchi bosqich qurilishi natijasida 855 gektar yer maydonining suv ta'minoti yaxshilanadi. "Anjirli" suv ombori qurilgach, 730 gektar yangi yer maydonlari o‘zlashtiriladi.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/02/2021 12:28;   Ko‘rilganligi: 23
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing