78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Amaliyot va ta'lim uzviyligini ta'minlash yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti o‘rtasida amaliyot bilan ta'limning uzviyligini ta'minlash maqsadida imzolangan shartnomaga muvofiq vazirlik rahbar va mutaxassislarining talabalarga mashg‘ulot o‘tishi tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 1 mart kuni o‘tkazilgan navbatdagi ma'ruza mashg‘ulotida Yerlarni melioratsiyalash boshqarmasi boshlig‘i Q.Murodov Gidromelioratsiya fakultetining Suv xo‘jaligi va melioratsiya ta'lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalariga suv xo‘jaligi tizimida, jumladan, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, sohani texnik va texnologik jihatdan yaxshilash hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma'lumot berdi.

Mashg‘ulot so‘ngida talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.


Kiritilgan vaqti: 04/03/2019 10:33;   Ko‘rilganligi: 533
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing