78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Axborot-kommunikatsiyalar va raqamlashtirish texnologiyalarini sohada qo‘llash

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida suv xo‘jaligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning malakasini oshirish maqsadida sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llash, axborot xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari, suv va elektr energiyani hisob-kitobi, yerlarning meliorativ holatini nazorat qilish hamda ularni boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, suv tejovchi texnologiyalar, ularning afzalliklari, rag‘batlantirish mexanizmlari hamda bu boradagi dolzarb vazifalar bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil qilinmoqda.
Samarqand shahrida joylashgan Muhammad al Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialida 13 yanvardan boshlab 3 kun davomida tashkil qilingan malaka oshirish o‘quv kurslariga Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli barcha tashkilot va tuman bo‘limlari muhandis gidrotexniklaridan boshlab, birinchi rahbar xodimlarigacha jalb qilindi.
Jumladan, malaka oshirish o‘quv kurslarida viloyatimiz suv xo‘jaligi sohasida mehnat qilib kelayotgan 200 nafarga yaqin xodimlar qamrab olindi.

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza
boshqarmasi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/01/2021 14:47;   Ko‘rilganligi: 42
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing