78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

CHILLA SUV KONI FOYDA

Past Darg‘om tumani fermerlari 2021 yil hosili uchun 17 ming 466 gektar maydonga boshoqli don ekinlarini ekishdi. Obi-tobida ekilgan ekinlar qish oldi tublab ulgurgani bois, bugun o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatayapti. Hosil mo‘l, barakali bo‘lishi esa ayni kunlarda dehqonning tajribasiga, yerga bo‘lgan mehriga bog‘liq.
Shuning uchun ham tajribali dehqonlar "Yerni boqsang, yer to‘ydiradi" deyishadi. Ayniqsa, shu kecha-kunduzda qariyb 2176 gektardagi g‘alla rivojlanishdan ortda ekanligini inobatga olib, qo‘shimcha ozuqa berish, g‘alla maydonlarini zudlik bilan sug‘orish zarur. Har gektar g‘alla maydonlariga kamida 5 tonnadan mahalliy o‘g‘it chiqarish talab etiladi. Mazkur agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi Inspeksiyaning Past Darg‘om tumani bo‘limi nazoratiga olingan.
Bundan tashqari, sovuq kunlardan "toliqib" chiqqan ekinlarga chilla suvi tarash koni foyda. Bu borada "Gulxona", "Odilbek chorva", "Sanchiqul baraka" singari o‘nlab fermer xo‘jaliklarida amalga oshirilayogan ishlar har qancha tahsinga loyiq.

O. Shomurodov,
"Agroinspeksiya" tuman bo‘limi boshlig‘i


Kiritilgan vaqti: 19/01/2021 13:49;   Ko‘rilganligi: 50
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing