Darg‘om kanalida Toyloqni Urgut va Samarqand tumanlari bilan bog‘lovchi ko‘prik qurilmoqda
Darg‘om kanalining Toyloq tumanidan o‘tuvchi qismida joylashgan Nayman mahallasida tumanni Urgut va Samarqand tumanlari bilan bog‘lovchi ko‘prik qurilmoqda.
Toyloq tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur ko‘prikning qurilish ishlariga 3,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Ko‘prik joriy yilning ikkinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirgan. Ayni damda quruvchilar ko‘prikning qirg‘oq qismini mustahkamlash bilan band.

Kiritilgan vaqti: 15/02/2021 12:42; Ko‘rilganligi: 5