78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri tashabbusi bilan Respublikamizning barcha viloyatlarida qisqa muddatli sayyor o‘qitish kurslari tashkil qilinmoqda.
Shu jumladan, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida ham suv tejovchi texnologiyalar buyicha, suv xo‘jaligi mutaxassislarini, konsultantlarini va fermerlarni malakasini oshirish buyicha qisqa muddatli sayyor o‘qitish kurslari o‘tkazildi.
Katta majlislar zalida tashkil qilingan sayyor o‘qitishda , Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli barcha tuman irrigatsiya tizimlari va tuman irrigatsiya bo‘limlari shuningdek, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi, Meliorativ ekspeditsiya boshqarmasi, Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etishdi.
Maskur sayyor o‘qitish kurslari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining malakali xodimlari, Toshkent davlat agrar universiteti Melioratsiya va suv xujaligi kafedrasining katta o‘qituvchilari, Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedra muridi va o‘qituvchilari, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik kafedra mudirlari, professor, dotsent o‘qituvchilari hamda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining malakali o‘qituvchi va kafedra mudirlari bilan birgalikda tashkil qilindi.
Bu kabi sayyor o‘qitish kurslarining viloyatida tashkil qilinishi suv xo‘jaligi sohasida ishlab kelayotgan kadrlar va fermer xo‘jaliklari raxbarlarining salohiyatini, malakasini va nazariy bilimlarini amaliyotda tadbiq etishlarida dasturi amal bo‘lib xizmat qiladi.
Buning yorqin dalili sifatida Imom Buxoriyning o‘n ikki asr oldin “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan fikrlarini keltirish mumkin. Ilm har qanday zamonda va makonda ham najot yo‘li, zulmatni yoritguvchi nur, insonni kamolotga yetaklovchi buyuk ne'matdir.
Zarafshon irrigatsiya tizimlari
havza boshqarmasi matbuot xizmati

Kiritilgan vaqti: 12/01/2021 10:49;   Ko‘rilganligi: 43
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing