78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Ekinlarni sug‘orishda suvdan tejamli foydalanish tadbirlari orasida bir qator tashkiliy jihatlari borki ularga amal qilish suvdan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita xizmat qiladi.

Jumladan, fermerlar orasida suvni navbatma-navbat ishlatishni tashkil qilish, bunda suvni avval bitta dalaga, keyin esa boshqasiga uzatilishi natijasida kanaldagi suv isrofi 10-20 % ga, dala o‘qariqlaridagi suv isrofi esa 30-35% gacha kamayadi; -sug‘orish ariqlarini loyqa va begona o‘tlardan tozalash, beton va nov ariqlarning singan, yorilgan va teshilgan joylarini ta'mirlash tadbirlari ham dalada suv ta'minotini yaxshilaydi; -fermer xo‘jaliklarining suv olish quloqlarini suvni boshqarish va o‘lchash inshootlari bilan jihozlash ishlari suvni adolatli taqsimlash imkonini beradi; -erta bahorda yoki ekish oldidan o‘tkazilgan nam to‘plovchi sug‘orishlar g‘o‘zalarni birinchi sug‘orishsiz bir tekis undirib olishga to‘liq imkon beradi; -suvning qat'iy hisob-kitobining joriy etilishi undan maqsadli va samarali foydalanilishini ta'minlaydi. Shu bilan birga: -sug‘oriladigan yerlarni tekislash, yer maydonining nishabligiga qarab egatlarni qisqa olish (50-60 m); egat oralatib sug‘orish (20-25 foiz suv tejaladi); -suvchilar sonini ko‘paytirish va har 8-10 l/s suvga bittadan suvchi jalb etish, tungi sug‘orish ishlarini tashkil etish; -Sug‘orishni sharbat oqizib tashkil etish va qator orasiga o‘z vaqtida ishlov berish, suvni tashlama va zovurga behuda tashlab qo‘yish, ko‘llatib va zaxlatib sug‘orishga yo‘l qo‘ymaslik ham o‘z samarasini beradi.

Kiritilgan vaqti: 23/02/2021 12:00;   Ko‘rilganligi: 3
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing