78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Yerlarning meliorativ holatini “Dayver” qurilmasi yordamida aniqlash.

▶️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi PF–6024-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmonlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasi tomonidan Samarqand viloyatida 2021–2030 yillarda mavjud kuzatuv quduqlariga sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolati, sizot suvlari satxi va tarkibi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan xolda monitorning qilish imkonini beruvchi “Dayver” qurilmalarini o‘rnatish xamda ish davomida foydalanish bo‘yicha joriy yilning 12 fevralida Pastsdarg‘om tumani “Eski juma” shaxarchasi “Zarafshon” MMTP xududidagi dala shiponida Meliorativ ekspeditsiyasi bo‘lim boshliqlari, fermer xo‘jaligi raislari va kanal uchastka boshliqlari ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Datbir davomida seminar ishtirokchilariga “Dayver” qurilmasining ishlash prinsipi va qurulmaning afzalliklari to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.


Kiritilgan vaqti: 15/02/2021 12:46;   Ko‘rilganligi: 26
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing