78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

G‘allani tomchilatib sug‘orishda ilk tajriba yo‘lga qo‘yildi

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Yuksalish-2018” fermer xo‘jaligida g‘allani tomchilatib sug‘orish borasidagi ilk tajriba qo‘llanila boshlandi.

– 2019-2023 yillarda qishloq xo‘jaligi maydonlarining 5,5 ming gektar yeri paxtachilik klasterlari, fermer xo‘jaliklari hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan tomchilatib sug‘orish tizimiga o‘tkaziladi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Karmana tuman bo‘limi inspektori Alisher Ibrohimov. – Bu borada alohida dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, tegishli loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun 111 milliard 180 million so‘mlik mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

“Yuksalish-2018” fermer xo‘jaligining 6 gektar g‘alla maydonida sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan tomchilatib sug‘orish tizimi Turkiya texnologiyasi asosida olib borilmoqda.

– Tomchilatib sug‘orishning afzallik tomonlari ko‘p, - deydi xo‘jalik rahbari Ilhom Erqulov. – Zamonaviy texnologiya odatiy sug‘orishga sarflanadigan suvning 60 foizini tejaydi. Tizimdagi har bir purkagich 12,5 metr radiusda suv sepib, dalaning o‘z me'yorida suv ichishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, ekinni oziqlantirish ham suv orqali amalga oshirilgani bois, dalaga texnika kirmaydi. Bu g‘alla payhon bo‘lishining oldini olish hamda yoqilg‘i-moylash materiallarini tejash imkonini beradi.

Manba: uza.uz


Kiritilgan vaqti: 23/02/2019 11:17;   Ko‘rilganligi: 490
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing