78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Idoraviy ish yuritish masalalari bo‘yicha o‘quv-seminarlar davom etmoqda

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi 09/1-2388-sonli topshirig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligi hududiy bo‘linmalarining idoraviy ish yuritish, kadrlar, hujjatlar, murojaatlar bilan ishlash, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalariga mas'ul xodimlari ishtirokida o‘quv-seminarlar davom etmoqda.

Navbatdagi o‘quv seminar 2019 yil 15 mart kuni Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyatidagi suv xo‘jaligi tizimiga aloqador tashkilot va muassasalarning rahbar va mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda bugungi global taraqqiyot sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, jumladan, suv xo‘jaligi sohasida idoraviy ish yuritish samaradorligini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash, bunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, yangi innovatsion usullar va texnologiyalarni joriy etish, axborot xavfsizligini ta'minlash dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi ta'kidlandi. Bu mutaxassislar zimmasiga zamonaviy texnologiyalar, innovatsion ishlanmalar, ilg‘or ilm-fan yutuqlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yanada kengroq foydalangan holda ish samaradorligini oshirishni ta'minlashdek mas'uliyatli vazifalarni yuklaydi.

O‘quv-seminarda tizim tashkilotlarida idoraviy ish yuritish, normativ-huquqiy hujjatlar bilan to‘g‘ri ishlash, ijro intizomini ta'minlash, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish borasida olib borilayotgan faoliyat tanqidiy ruhda muhokama qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 16/03/2019 14:15;   Ko‘rilganligi: 357
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing