78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Joriy yilda Urgutda 2 ming gektar yerda suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejadigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4919-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyatining Urgut tumanida amaliy tadbirlar boshlab yuborildi.
Belgilangan manzilli dasturga ko‘ra, 2021 yilda bog‘-tokzor vasabzavot maydonlarida tomchilatib hamda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha qo‘shimcha 2000 gektar maydonga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilmoqda.
Shu jumladan,500 gektar bog‘, 1200 gektar tokzor, 200 gektar sabzavot maydonlarida tomchilatib sug‘orish, 100 gektar yer maydonida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy etiladi.
Mazkur dastur asosida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni tashkil etish bo‘yicha tumandagi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan amaliy tadbirlar olib borilmoqda.
Zamonaviy suv tejovchi sukanalarni keltirish va o‘rnatish tadbirlari “Omad start” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi.
“O‘zagroinspeksiya”ning Urgut tumani bo‘limi tomonidan 88 ta fermer xo‘jaliklarining kredit yig‘ma jildlari shakllantirilib, 20 tasiAT “Agrobank” Urgut tuman filialiga va 20 tasi esa TIF “Milliy bank”ning Urgut filialiga taqdim etildi.
Ayni kunlarda tumandagi 6 ta fermer xo‘jaligida “Omad start” MCHJ tomonidan jami 153,5 gektar maydonga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha qurilish montaj ishlari olib borilmoqda.
Yuqoridagilarni jadal rivojlantirish va loyihalarni o‘z vaqtida yakunlanishini ta'minlash maqsadidaInspeksiya organlari tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.


Kiritilgan vaqti: 15/02/2021 12:48;   Ko‘rilganligi: 40
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing