78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

KASB BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN !

Yurtimizning ko‘p ming sonli suvchilar jamoasini, ularning yaqinlari va oila a'zolarini qutlug‘ ayyom – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Hammamizga yaxshi ayonki, suvchilik savobli kasb. Yil bo‘yi bobo dehqonlarimizga yelkadosh bo‘lib, beminnat suv yetkazib beramiz, paxta, g‘alla, meva-sabzavot, umuman, barcha ekinlardan olinayotgan hosilga, yaratilayotgan ulkan xirmonlarga o‘z hissamizni qo‘shamiz.

Bu yilgi pandemiya sharoitida oziq-ovqat xavfsizligi va yurt dasturxoni to‘kinligini ta'minlash uchun suvchilarimiz ham astoydil mehnat qilishdi. Ayniqsa, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishda tajribalarimiz yanada ortdi. 2020 yilning o‘zida 133 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingani va shu paytgacha joriy qilingan maydonlar ikki barobarga oshirilgani buning isbotidir.


Oxirgi o‘zgarish: 14/12/2020 14:14;   Ko‘rilganligi: 53
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing