78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

MAQSAD: KADRLAR SALOHIYATINI OSHIRISH

Viloyatimizda “Kuzgi-qishgi” dastur asosida bajarilayotgan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari jumladan, mexanizm yordamida tozalash, gidropost va gidrotexnik inshootlarni ta'mirlash, xo‘jalik ichki ariqlarini qo‘l kuchi yordamida tozalash, fermer va klasterlarni suv olish quloqlarini jixozlash va shu kabi tadbirlarni joylarda tashkil qilinganligini nazorat qilish, amaliy yordam ko‘rsatish va tajriba almashish maqsadida ko‘rgazmali seminar mashg‘ulotlari tashkil qilinmoqda. Shu munosab bilan joriy yilning 18 dekabr kunidan boshlab 2020 yil yakuniga qadar barcha tumanlarda ko‘rgazmali seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilishi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Maskur seminar orqali ishtirokchilar o‘z hududlarida amalga oshirilmagan ishlar va xatoliklarni oldini olishlari shuningdek, tuman bo‘limi raxbar xodimlari o‘rtasida do‘stona hamkorlik aloqalari va tajriba almashish imkoniyati ham yaratiladi. Joylarda shu kabi ko‘rgazmali seminar mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi, raxbar xodimlarning malakasini oshishiga xizmat qiladi.
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza
boshqarmasi matbuot xizmati

Kiritilgan vaqti: 29/12/2020 16:20;   Ko‘rilganligi: 46
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing