78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Melioratsiya tadbirlari

Hozirgi kunda barcha sohalarda bo‘lgani kabi suv xo‘jaligi tizimida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bu borada viloyatimiz sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yer osti sizot suvlari sathini pasaytirish maqsadida 2020 yil yakuniga ko‘ra, barcha tumanlarda melioratsiya tadbirlari o‘tkazilishi natijasida 90,4 km kollektor-drenaj tarmoqlari, 5 dona gidrotexnik inshoot qurilib, 1 dona quvurli o‘tish joyi, 3 dona ko‘prik, 6 dona gidrotexnik inshoot, 300 dona nazorat qudug‘i va 15 taga yaqin gidropost rekonstruksiya kilindi. Ushbu tadbirlar natijasida viloyatimiz bo‘yicha jami 1965 gektar yangi yer maydonlari o‘zlashtirildi, 68616 gektar yer maydonlarining suv ta'minoti va qariyib 46400 gektar yer maydonning meliorativ holati yaxshilanishiga erishiladi.
Jumladan, "Qiyot" yopiq-yotiq kollektor drenaj tarmog‘ida bosh pudratchi “Oqdaryomaxsussuvpudrat” MCHJ tomonidan qiymati 1 mlrd 129 mln 700 ming so‘m qurilish ishlari amalga oshirildi. "O‘tarchi" kollektorini rekonstruksiya qilish obyektida “Pastdarg‘om” SIUsiga qarashli “Gumbaz”, “Samarqand”, “Ilm” MMTPlari hududidagi 440 ga sug‘oriladigan yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash va yer osti sizot suvlari sathini pasaytirish maqsadida 2 mlrd 5 mln 753 ming so‘mlik 16,4 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo "O‘tarchi" kollektorini rekonstruksiya qilish ishlari tugatildi. "J.Yusupov"MMTP xududida joylashgan kollektor-drenaj obyektlarida esa, “Samarqandmaxsussuvpudrat” MCHJ tomonidan 5,4 km uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmog‘ini qurish va 4,0 km yopiq-yotiq gorizontal drenaj qurish ishlari yakuniga yetdi. Pandemiya davrida pudratchi tashkilotlar tomonidan ishlar to‘liq karantin qoidalariga muvofiq amalga oshirildi. Mexanizatorlarga 3 maxal issiq ovqat hamda yotishlari uchun yotoq joylari bilan to‘liq ta'minlandi. Mazkur obyektlarni o‘z vaqtida tugatish maqsadida viloyat bo‘yicha 50 dan ziyod ekskavator, 33 dona kamaz, 19 dona kran, 16 dona buldozer va boshqa mexanizmlar jalb qilindi. Joriy yilda ham melioratsiya tadbirlari doirasida jami 34 ta obyektni qurilish va rekonstruksiya qilish tadbirlari amalga oshirilishi, bu uchun jami 40 mlrd 750 mln.so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. 2021-2023 yillarda birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan Irrigatsiya-melioratsiya obyektlari bo‘yicha 21 ta qurilish, 55 ta rekonstruksiya qilish uchun jami 76 ta obyektlar bo‘yicha tumanlardan takliflar olingan. Zarafshon ITHB matbuot xizmati

Kiritilgan vaqti: 15/02/2021 12:06;   Ko‘rilganligi: 32
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing