78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Mukofotlar muborak!

“Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e'lon qilindi.

Farmoga ko‘ra ko‘p yillik fidokorona mehnati bilan mamlakatimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi sohasi rivojini yangi bosqichga ko‘tarish va uni kompleks modernizatsiya qilish, sohaga innovatsion texnologiyalar, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini, klaster tizimini keng joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, barcha turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirib, el-yurt farovonligini yuksaltirish, dasturxonlarimiz to‘kinligini ta'minlashga qo‘shgan munosib hissasi, agrar sektorda islohotlarni, davlat dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandilar.

Mukofotlangandar orasida Samarqandlik irrigatorlar ham bor.

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator» unvoni bilan

Xujayev Xolbek Rizayevich

Samarqand viloyati «Narpaydavsuvmaxsuspudrat» davlat unitar korxonasi ekskavator mashinisti

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Usmanov Aktam Suvanovich

Samarqand viloyati «Zarafshon» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining «Miankal Tos» irrigatsiya tizimi bo‘limi boshlig‘i


Kiritilgan vaqti: 10/12/2018 10:14;   Ko‘rilganligi: 389
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing