78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

“Norqul bobo” fermer xo‘jaligi dala maydonida suv tejash texnologiyalarini amaliyotga joriy etishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

Sohaga aloqador viloyat va tuman tashkilotlaridan kelgan vakillar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan “Zarafshon” irrigatsiya tizimlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Jumayev, tuman hokimi o‘rinbosari A.Ikromov hamda qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i G‘.Xo‘jayev joriy yilda ekin maydonlarini suv bilan ta'minlashning prognoz ko‘rsatkichlariga to‘xtalishdi.
– Viloyatimizda qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish hisobiga suvga bo‘lgan ehtiyoj ortib boryati, – dedi A.Jumayev. – Bu o‘z navbatida zamonaviy suv tejash texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etishni taqazo etmoqda. Olaylik, joriy yil yakuniga qadar Jomboy tumanida 380 gektar maydon tomchilatish, 830 gektar maydon lazerli tekislash uslubiga qayta jihozlanadi. Shuningdek, yomg‘irlatish vositasida sug‘oriladigan maydonlar hajmini kengaytirish ham ko‘zda tutilgan.
Tadbirda yangi suv tejovchi texnologiyalar ko‘rgazmali tarzda taqdimot qilindi.


Kiritilgan vaqti: 15/02/2021 12:56;   Ko‘rilganligi: 19
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing