78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Samarqand viloyati Matbuot uyida “Axborot xizmatlari faoliyatida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish tajribasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, viloyat hokimligi axborot xizmati, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tgan tadbirda shahar va tumanlar hokimliklari, korxona-tashkilotlar axborot xizmati rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Seminarda viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i M.Ibodullayev, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi raisi F.Toshev axborot va tahliliy maqola yozishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi xususida so‘z yuritdi.
Prezidentimizning 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan fikrlar bildirildi.
Tadbir yakunida davlat organlariga attestatsiyadan o‘tkazilgan 14 nafar matbuot kotiblariga guvohnoma topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda viloyatdagi 16 ta shahar va tuman hokimliklarida, 42 ta davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida 58 ta axborot xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 30 dan ortiq tashkilot va korxonalarda axborot xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Kiritilgan vaqti: 29/12/2020 16:13;   Ko‘rilganligi: 57
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing