78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

SAMARQANDDA 20 MING 212 GEKTAR MAYDONDA SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI O‘RNATISH BO‘YICHA SHARTNOMALAR TUZILDI

Joriy yilda Samarqand viloyatida 24 ming 118 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan. Jumladan, 20 ming 162 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish, 100 gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini o‘rnatish, 2960 gektar maydonda egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish shuningdek, 9 ming 800 gektar maydonni lazer uskunasi yordamida tekislash mo‘ljallangan.
Suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan suvni tejovchi texnologiyalar joriy etiladigan maydonlarni yanada kengaytirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Bugungi kunda 20 ming 212 gektar maydonda ana shunday texnologiyalarni o‘rnatish yuzasidan quruvchi tashkilotlar bilan klaster va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida shartnomalar tuzilgan hamda qurilish ishlari boshlab yuborilgan. 2021 yil 12 yanvar kuni Samarqand shahridagi “SAG” mas'uliyati cheklangan jamiyatida quruvchi tashkilotlar hamda tashabbuskor klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni kengaytirishga bag‘lishlangan ko‘rgazmali amaliy seminar o‘tkazildi. Unda Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Hamroyev so‘zga chiqib, hurmatli Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomada 2021 yilda respublikamizda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etiladigan yer maydonlarini 5 barobarga ko‘paytirish va 430 ming gektarga yetkazish, suvni tejash hisobidan 90 ming gektar yangi yerlarni o‘zlashtirish vazifasi qo‘yilganligini, buning ijrosini ta'minlash uchun tizimdagi barcha xodimlar va mutaxassislar bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil harakat qilishlari zarurligini ta'kidladi. Seminarda suv tejovchi texnologiyalarning afzalliklari, ushbu texnologiyalarni joriy etganlarga davlat tomonidan subsidiya berishning yangi tartibi tushuntirildi. Klaster tashkiloti va fermer xo‘jaliklari vakillaridan texnologiyalarni o‘rnatish uchun kredit olish, loyihalash, qurilish va montaj qilish bo‘yicha tushgan savollarga mutaxassislar javob qaytardilar. Zarafshon ITHB matbuot xizmati

Kiritilgan vaqti: 16/01/2021 11:13;   Ko‘rilganligi: 33
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing