78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

SAMARQANDDA SAYYOR O‘QITISH KURSLARI TASHKIL ETILDI

Samarqand shahrida suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha suv xo‘jaligi mutaxassislari, konsultantlar va fermerlarning malakasini oshirish bo‘yicha sayyor o‘qitish kurslari o‘tkazildi. Tadbir Suv xo‘jaligi vazirligining Axborot-tahlil va resurs markazi tomonidan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda viloyatdagi irrigatsiya tizimi boshqarmalari va tuman irrigatsiya bo‘limlari, shuningdek, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi, Meliorativ ekspeditsiyasi boshqarmasi, Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi xodimlari hamda fermerlar qatnashdi.
O‘quv kurslari davomida suvni tejovchi texnologiyalarning afzalliklari, Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ushbu texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Prezidentimizning Murojaatnomasidan kelib chiqib, soha oldida turgan vazifalar, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tartibi, servis xizmatini ko‘rsatish guruhlarining vazifalari haqida fikr almashildi. Zarafshon ITHB matbuot xizmati

Kiritilgan vaqti: 13/01/2021 14:45;   Ko‘rilganligi: 41
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing