78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

SAMARQANDDAGI IKKITA NASOS STANSIYASIGA NEMIS KOMPANIYASI USKUNALARI O‘RNATILADI

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufida 94 ta nasos stansiyasi mavjud bo‘lib, ularda 376 ta dvigatel va nasos o‘rnatilgan. Yillik sarflanadigan elektr energiya iste'moli 191 mln. kVt. soatni tashkil etadi. Byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda iqtisod qilish maqsadida 2021 yilda Samarqand tumanida joylashgan “Guliston-1” va “Guliston-2” nasos stansiyalarida Germaniyaning “Grundfos Pompa San” kompaniyasi bilan hamkorlikda 271,1 ming yevro qiymatidagi tejamkor uskunalar o‘rnatiladi. Ushbu nasos stansiyalarida keyingi ikki yilda 7,2 mln. kVt. soat yoki 3 mlrd. 248 mln. so‘mlik elektr energiyasi sarflangan. “Grundfos Pompa San” kompaniyasining zamonaviy dvigatel va nasoslari o‘rnatilgach, elektr energiyasi sarfi kamida 50 foizga tejaladi. Bu bir yilda o‘rtacha 812 mln. so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini beradi.
                                                                                                                                        Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 08/01/2021 14:39;   Ko‘rilganligi: 46
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing