78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

SAMARQANDLIK SUVCHILAR SEMINARLAR O‘TKAZMOQDA

Samarqand viloyatida kuzgi-qishki mavsumda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini mexanizmlar yordamida tozalash, gidropost va gidrotexnik inshootlarni ta'mirlash, xo‘jalik ichki ariqlarini qo‘l kuchi yordamida tozalash, fermer va klasterlarning suv olish quloqlarini jihozlash kabi tadbirlarni sifatli bajarish maqsadida barcha hududlarda amaliy seminarlar o‘tkazilayapti.

Shu kungacha Bulung‘ur, Jomboy, Urgut, Payariq, Narpay, Oqdaryo, Paxtachi, Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon tumanlarida ana shunday tadbirlar tashkil etildi.

Mazkur seminarlar viloyat suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbar-xodimlarining o‘zaro tajriba almashishiga, mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

                                                                                                                                                    Zarafshon ITHB matbuot xizmati 


Kiritilgan vaqti: 08/01/2021 14:39;   Ko‘rilganligi: 51
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing