78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Shavkat Mirziyoev: «Agar xalqimizga suv ham berolmasak, kabinetda o‘tirishga haqqimiz yo‘q»

Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

«Oltin voha» telegram kanali xabariga ko‘ra, viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, unumdor, suvli ekin maydonlaridan to‘g‘ri foydalanish masalalari tanqidiy tahlil qilinyapti.

Davlat rahbari suv muammosiga to‘xtalgan. Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Xolmatov hisobot bergan.

«Agar xalqimizga suv ham berolmasak, kabinetda o‘tirishga haqqimiz yo‘q...», - dedi Shavkat Mirziyoev.

Shuningdek, Prezident Toshkent viloyatidagi muhit haqida ham so‘z yuritdi.

«Bir kunda 200 varaq kitob o‘qishimiz kerak. Afsus, buni unutib yuborganmiz.

Poraxo‘rlar, o‘g‘rilar shakllangan. Mana Toshkent viloyati ma'naviyati. Bor muhit - shu. Bu - haqiqat», - deydi davlat rahbari.


Oxirgi o‘zgarish: 20/11/2020 10:01;   Ko‘rilganligi: 333
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing