78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Shavkat Mirziyoev: - Samarqandda 174 ming nafar aholi ishsiz, 223 ming fuqaro ishlash uchun xorijga ketgan. Shuni hisobga olib, Samarqandga ishchi guruhi yuborib, mahallabay va fuqarobay ishlash tashkil etildi.

.

Jumladan, 1 ming 100 ta mahallaning har biriga biriktirilgan bank xodimlari uyma-uy yurib, sektorlarda tashkil etilgan boshqaruv ofislari bilan birga, barcha mahallalarni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi. Bunda, avvalo aniq faoliyat turiga ixtisoslashgan mahallalar va xonadonlar tajribasini keng yoyishga alohida e'tibor qaratish zarurligi ma'lum bo‘ldi.

Masalan, Ishtixondagi "Humo" mahallasida shafran, Bulung‘urdagi "Saxovat" mahallasida kartoshka yetishtirish, Paxtachidagi "Yobu", "Quvondiq", "Istiqbol", "Ko‘rpa" mahallalarida issiqxona, Oqdaryoda sabzavot urug‘chiligi, Urgutda to‘n va do‘ppi tikish, Kattaqo‘rg‘on tumanida qulupnaychilik, Past Darg‘omda mebelsozlik, Samarqand tumanida ko‘kat yetishtirishga ixtisoslashgan xonadonlar tajribasini boshqalarga ham o‘rgatish kerak.

Markaziy bank raisi banklar bilan birga viloyatda oilaviy tadbirkorlik uchun rejalashtirilgan 625 milliard so‘m o‘rniga, 900 milliard so‘m kredit ajratilishini tashkil etadi.


Kiritilgan vaqti: 20/04/2021 16:08;   Ko‘rilganligi: 12
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing