78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

SOHAGA ILM – FANNING KIRIB KELISHI

Pastdarg‘om tumani hududida joylashgan Mirzo-Ulug‘bek MMTPga qarashli Shukrona paxta-g‘alla fermer xo‘jaligi dalasida yerlarni “Lazer tekislagich” bilan tekisash bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar, viloyat hokimligi hamda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazildi. 

Barchamizga ma'lumki, sug‘orma dehqonchilikda qishloq xo‘jalik ekinlarini yaxshi yetishtirish, sug‘orish suvi, o‘g‘itlardan samarali foydalanish, energiya resurslar sarfini tejash, ekinlardan yuqori va sifatli hosil olish kabi jarayonlar dala maydonining tekisligiga bog‘liq.
Shu bois, qishloq xo‘jaligida dalani tekislashdan asosiy maqsad maydon nishabligini saqlab qolgan holda sug‘orish va mexanizatsiyalashgan agrotexnik tadbirlarga to‘sqinlik qiladigan notekisliklarni yo‘qotishdan iborat.
Shunga ko‘ra,
- sug‘orish suvi sarfi 20-25 %ga tejaladi;
- suvdan foydalanish samaradorligi 30 - 40%ga ortadi;
- sug‘orish suvi orqali ortiqcha tuz kelishining oldi olinadi;
- sug‘orishga ketadigan vaqt, ishchi kuchi va energiya tejaladi;
- dala maydoni ekinlar bir tekis unuvchanlikga ega bo‘ladi;
- ekinlar bir xil oziqa moddalar va namlik bilan ta'minlanadi;
- begona o‘tlar miqdori kamayadi;
- qishloq xo‘jaligida 1 gektar maydonda qo‘shimcha 5-7 s hosil olishga erishiladi;
- qo‘shimcha olingan hosil xo‘jalikni qo‘shimcha iqtisodiy daromat man'baiga olib keladi;
- qo‘shimcha olingan hosil hisobiga mahsulotni eksport qilish salohiyati yanada ortadi;
- eng asosiysi, yerga ishlov berish to‘g‘ri olib borilsa dala maydoni 3-5 yilda qayta tekislananishi uchun zamin yaratilishi tug‘risida Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Jumayev seminar ishtirokchilariga tushunchalar berdi.


Zarafshon irrigatsiya tizimlari
havza boshqarmasi matbuot xizmati

                                                                             Telegram | Youtube | Facabook


Oxirgi o‘zgarish: 21/12/2020 09:10;   Ko‘rilganligi: 38
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing