78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

SUFORILADIGAN MAYDONLARNING SHO‘RLANISH SABABLARINI BILASIZMI?

Sho‘rlangan yerlar O‘zbekistonda keng tarqalgan. Odatda tuzlar yerosti chuqur qatlamlarida joylashgan bo‘ladi. Sho‘r tuproqlar tarkibidagi kation va anionlar birikib, ya'ni reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi. Yer yuzasida tuproqdagi namlikning bug‘lanishi natijasida turli mineralli tuzlar paydo bo‘ladi. Sug‘orish uchun qo‘llaniladigan suvda ham tuzlar mavjud.

Ayni paytda namligi ortiqcha yerlarga qo‘shimcha suv berilsa, bunday holatda yerosti suvlari sathi ko‘tarilishi, suvlar tarkibidagi erigan tuzlar hajmi har xil o‘simlik ildizlari atrofida yig‘ilishi mumkin. Ildiz atrofi qatlamida tuzlarning me'yoridan ortiq bo‘lishi o‘simliklarning suv va mineral ozuqani iste'mol qilish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va buning natijasida o‘simlikning zaharlanishiga olib kelishi mumkin.

Natriy tuzining tuproq tarkibida me'yoridan ortiq bo‘lishi tuproqning tuzilishini shunday darajada buzib yuborishi mumkinki, natijada yer ostiga suv va havo kirishi to‘xtab qoladi.


Kiritilgan vaqti: 14/04/2021 18:44;   Ko‘rilganligi: 16
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing