78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Sug‘orish inshootlari mavsumga hozirlanmoqda

Suv inshootlarini tozalash, ta'mirlash qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishning eng muhim omillaridan biri. Buni to‘g‘ri anglagan dehqonlar kuz-qishki mavsumda bahorgi dala ishlari uchun puxta hozirlik ko‘rishmoqda.

Ayni kunlarda viloyat dalalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini obi-hayot bilan ta'minlovchi suv inshootlarini tozalash, kanal va dambalarni ta'mirlash ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Bunda zamonaviy ekskavator va tozalash mexanizmlaridan unumli foydalanilyapti.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga mo‘ljallangan yer maydonlarini suv bilan ta'minlash yuzasidan olib borilayotgan tadbirlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

O‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida, joylarda sug‘orish tarmoqlarining tozalanishi, kanal va dambalarni ta'mirlash yuzasidan bajarilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, kelgusida bajariladigan vazifalar belgilanib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Samarqand viloyati bo‘yicha kuzgi-qishki mavsum davomida 188 km. xo‘jaliklararo sug‘orish tarmoqlari tozalanishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 92 km dan ortiq sug‘orish tarmoqlari tozalandi. Mazkur tadbirlarda 13 ta zamonaviy ekskavatorlardan unumli foydalanishga erishildi. Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanida 27,0 km, Pastdarg‘om tumanida 8,8 km, Narpayda 8,3 km va Payariq tumanida 8,5 km xo‘jaliklaro sug‘orish tarmoqlari mavsumga hozirlandi.

Kuz-qish mavsumi davomida viloyatdagi “Darg‘om”,”Miankal-Toss”,”Narpay”,”Oq-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari boshqarmasi hamda Payariq, Paxtachi va Samarqand tuman irrigatsiya bo‘limlariga qarashli 535 km. kanal va dambalarni ta'mirlash ishlarini bajarish mo‘ljallangan.

Joriy mavsum davomida 549 dona xo‘jaliklararo sug‘orish tarmoqlaridagi gidrotexnik inshootlar va 561 dona gidrpostlarini ta'mirlash rejalashtirilgan. Joriy yilning o‘tgan davri davomida, 582 nafar ishchilarning zahmatli mehnati evaziga 291 dona gidrotexnik inshootlar hamda 309 dona gidropostlar ta'mirlandi.

Viloyatda xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini mexanizm va qo‘l kuchi yordamida tozalash ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Bu jarayonda 12 mexanizm va 1 ming 696 nafar ishchilarning qo‘l kuchi yordamida 11396 km ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalash rejalashtirilib, bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan. Hozirga qadar, 696 nafar ishchilar tomonidan 466 dona ichki sug‘orish tarmoqlari gidrotexnik inshootlari va 348 dona gidropostlar ta'mirlandi.

Shuningdek, kuzgi-qishki mavsum davomida fermerlarning 1940 dona suv olish quloqlarini jihozlash rejalashtirilgan bo‘lib, olib borilgan nazorat tadbirlari davomida shundan 869 dona suv olish quloqlari jihozlangan, bu ishlarda 1 ming 738 nafar ishchilar ishtirok etishmoqda.

Sug‘orish inshootlarini ta'mirlash va tozalash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan barcha ichki imkoniyatlardan unumli foydalanildi.

Avaz Ochilov, Sherzod Absodiqov, Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslari va yeralardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi inspektorlari


Kiritilgan vaqti: 08/01/2021 14:47;   Ko‘rilganligi: 55
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing