78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Suv resurslaridan oqilona foydalanishda Germaniya tajribasi muhokama qilindi

Joriy yilning 11–12 mart kunlari poytaxtimizda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi tomonidan “O‘zbekistonda barqaror suv va ekologik rivojlanish uchun hamkorlik va xabardorlikni oshirish. Komponent 3” (UzWaterAware) loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi. Unda aloqador vazirlik va idoralarning axborot xizmatlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Seminar-treningga BORDA assotsiatsiyasining (Germaniya) malakali ekspertlari ham taklif etildi.

Bugungi kunda butun dunyoda suv resurslarini samarali boshqarish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda ham suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni saqlash, atrof-muhitni asrab-avaylashda aholining xabardorlik darajasini oshirish muhim o‘rin tutadi.

Seminar-treningda bu boradagi ishlarni samarali tashkil etishda vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari va ommaviy axborot vositalari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlangan davlatlar, jumladan, Germaniya tajribalariga tayangan holda oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tadbirda germaniyalik ekspertlar – Kristof Zodemann, Fabio Nikoletti va Morgane Roussel-Hemeru tomonidan suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni saqlash, atrof-muhitni asrab-avaylash sohalaridagi mavjud muammolar, yangiliklarni keng jamoatchilikka konstruktiv jurnalistik uslublarga tayangan holda yetkazish, media-kampaniyalar tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, bu boradagi faoliyatni ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Seminar-trening so‘nggida qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.

Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/03/2019 10:05;   Ko‘rilganligi: 352
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing