78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Suv tanqischiligini oldini olish yuzasidan o‘quv seminari tashkil qilindi

Samarqand viloyatida Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yil 13 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4919-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on tumani Zarafshon MMTP xududida “Shaxboz” fermer xo‘jaligi dalasida “Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda suv tejamkor texnologiyalarni joriy qilish” mavzusida amaliy seminar tashkil qilindi.
Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Hamrayev va Respublika bosh prokuror o‘rinbosari Shavkat Rahimovlarlar qishloq xo‘jaligi ekinlari va bog‘dorchilikni revojlantirishda suv tejovchi texnologiyalarning avzalliklari bu borada xorijiy hamkorlarimizning tajribasi bizga juda qo‘l kelishini takidlab o‘tishdi. Seminar davomida, pudratchi korxonalar tomonidan suv tejovchi texnologiyalar tizimini loyixalash, qurish, uskunalarni montaj qilish ishlari qanday tartibda olib borilishi kerak ekanligi, seminar ishtirokchilariga tushuntirildi. Shuningdek, suv tejovchi texnologiya tizimini qurish va montaj qilishda suv xo‘jaligi xodimlaridan tashkil topgan “Servis guruxlari”ning ishini tashkil qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida, klaster va fermer xo‘jaliklari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga hamda yechimini topmagan muammolariga mutasaddilar tomonidan yechim topishdi. Zarafshon ITHB matbuot xizmati

Kiritilgan vaqti: 15/04/2021 13:33;   Ko‘rilganligi: 19
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing