78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida xodimlar soni jiddiy qisqartiriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi byudjet tashkilotlari tuzilmasini takomillashtirish va xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi byudjet tashkilotlari samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash, ularning tuzilmasini takomillashtirish, boshqaruv hamda ishchi-xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, bajarilayotgan funksiyalarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularning sonini maqbullashtirish orqali o‘rtacha oylik maoshini oshirish maqsadida:

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tizimdagi byudjet tashkilotlari tuzilmasini takomillashtirish va ularning shtat jadvalidagi xodimlari sonini 2019 yil 1 iyuldan 10 foizga hamda 2020 yil 1 yanvardan yana 10 foizga maqbullashtirish orqali xodimlarning amaldagi oylik maoshlarini oshirish bo‘yicha takliflariga rozilik berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:

suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari xodimlari sonini maqbullashtirish choralarini ko‘radi hamda bo‘shagan mablag‘larni ularning oylik maoshini oshirishga yo‘naltiradi; 

suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari xodimlarining amaldagi oylik maoshini oshirish uchun 2019 yil 1 iyuldan 1,2 va 2020 yil 1 yanvardan 1,4 koeffitsiyenti qo‘llaniladi;

xodimlar soni qisqartirilishi munosabati bilan 2019 yil 1 iyulgacha tashkilotlarning shtatlar jadvalini qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda bo‘shatiladigan xodimlarni ishga joylashtirish va ijtimoiy himoya qilish masalalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi ekspluatatsiya tashkilotlari xodimlari sonini 2019 yil 1 iyuldan qisqartirilishi 


manba: kun.uz


Oxirgi o‘zgarish: 20/11/2020 10:21;   Ko‘rilganligi: 340
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing