78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil yakunlari va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi

Hay'at majlisini O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev kirish so‘zi bilan ochib, Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev boshchiligida mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalari singari suv xo‘jaligi tizimida ham islohotlarni yanada jadallashtirish, mavjud suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish, yerlarning meliorativ holati yaxshilash va barqarorligini ta'minlash, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, suv omborlari, nasos stansiyalari hamda boshqa suv xo‘jaligi va gidrotexnika inshootlarining faoliyati samaradorligini oshirish, suvdan foydalanuvchilar hamda suv iste'molchilarining suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish kabi sohalarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, e'tiborga molik natijalarga erishilayotganligini ta'kidladi.

Majlis kun tartibidagi masalalar yuzasidan vazir o‘rinbosarlari, tizim tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda soha faxriylarining taklif va tavsiyalari eshitildi.

Majlisda qayd etildiki, 2018 yil davomida vazirlik tizimidagi sanoat korxonalari tomonidan 32 545,7 mln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 87,1 foizni tashkil etgan, 1194 dona turli rusumdagi nasos agregatlari hamda 
5 706,3 mln. so‘mlik ehtiyot qismlar va rotorlar ishlab chiqarilgan, shuningdek, 1 220,6 mln. so‘mlik nasos agregatlari kapital ta'mirlangan, davlat dasturi doirasida 583,5 mln. so‘mlik 6 dona D3200-75 rusumdagi nasoslar ishlab chiqarilgan, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan 753,8 km uzunlikdagi ochiq va 275,0 km yopiq-yotiq kollektor-drenaj tarmoqlari, 3 dona meliorativ nasos stansiyasi, 104 dona meliorativ tik quduqlar, 90 dona gidrotexnik inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish hamda 13030,9 km uzunlikda ochiq, 874,5 km yopiq-yotiq kollektor-drenaj tarmoqlarini, 10 dona meliorativ nasos stansiyalarni, 549 dona tik quduqlarini, 1257 dona kuzatuv quduqlari, 40 dona suv o‘lchash joylarini, 17 dona akveduklarni va 1017 dona quvurli o‘tish joylarini ta'mirlash tiklash ishlari amalga oshirilgan.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan majlisda tizimda o‘tgan yilda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, boy berilgan imkoniyatlar atroflicha muhokama qilinib, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, belgilangan vazifa va topshiriqlarning ijrosini o‘z muddatida va sifatli bajarilishini ta'minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.

Hay'at majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Vazirlik matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 19/01/2019 18:15;   Ko‘rilganligi: 422
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing