78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Suvdan unumli foydalanish

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi 1991 yilda qurilgan, yigirma bir ming (21000) gektar yerni sug‘orishga mo‘ljallangan 24 ta suv olish nuqtasiga ega Pasdarg‘om tumanidan oqib o‘tuvchi “Darg‘om” irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga qarashli 13 km.ni tashkil qiluvchi “Qalmoq soy” kanalining 105+36 piketida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yer osti sizot suvlari sathini pasaytirish maqsadida seminar tashkil qilindi. Seminarda Meliorativ ekspeditsiyasi bo‘lim boshliqlari va kanal uchastka boshliqlari ishtirok etishdi. Tashkil qilingan seminarga Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshkarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasi boshligi M.Yusupov hamda “Darg‘om” irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i Q.Ochilov raxbarlik qildi.

Zarafshon ITHB matbuot ximati


Kiritilgan vaqti: 15/02/2021 12:45;   Ko‘rilganligi: 31
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing