78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Tomchilatib sug‘orish bo‘yicha jizzaxliklar tajribasi

Jizzax viloyatida o‘tgan yili 495 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgani natijasida 1 million 247 ming metr kub suvni iqtisod qilishga erishildi. 

Bundan tashqari, 2018 yil 5 ming gektar maydonda egiluvchan quvur orqali sug‘orish tizimi qo‘llanildi. Bu usulni qo‘llash natijasida esa 6 million 800 ming metr kub suv tejaldi.

O‘tgan mavsumda Do‘stlik tumanidagi “Farhod” fermer xo‘jaligi 58 gektar maydondagi paxtani yetishtirishda egiluvchan quvurlardan foydalanib, yaxshi samaraga erishdi.

– An'anaviy usulda sug‘orilganda o‘rtadan o‘qariqlar qazilishi tufayli g‘o‘za nihollari nobud bo‘lardi, – deydi ushbu fermer xo‘jaligi rahbari Muxtor Nurmuhammedov. – Egiluvchan quvurlardan foydalanganda esa, o‘qariqlarga hojat qolmadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ariqlar olinmasligi tufayli 3 gektar maydondagi g‘o‘za nobud bo‘lishidan saqlab qolindi. Bundan tashqari, ilgari 4 nafar suvchi bajargan ishni endi bir kishi uddalayapti. Tomchilatib sug‘orishda ham, egiluvchan quvurlardan foydalanilganda ham suv isrof bo‘lmasdan, to‘g‘ri niholning ildiziga yetib boradi. Natijada suv taqchil bo‘lgan yilda ham g‘o‘za yaxshi rivojlandi.

Suvni tejaydigan texnologiyalarning afzalligi juda yuqori ekani inobatga olinib, joriy yilda paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish rejalashtirilgan. Shu maqsadda viloyatda 21 ta fermer xo‘jaligi 413 gektar, “Jizzax industrial to‘qima” MCHJga 116 gektar, jami 529 gektar maydonga tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etiladi.

Hozirda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan shartnomalar imzolanmoqda.


Kiritilgan vaqti: 05/03/2019 11:25;   Ko‘rilganligi: 383
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing