78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Toyloq tumanida 560 gektar yer maydoniga suv tejamkor texnologiyalar o‘rnatilmoqda

Mamlakatimizning eksport salohiyatini yanada oshirish, axolini arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, hayot manbai sanalmish – suv resurslari bilan chambarchas bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etishda muhim ahamiyatga ega.

Shu maqsadda, Toyloq tumanida 2021 yili 560 gektar yer maydonida suv tejamkor uskunalar joriy etilishi rejalashtirilgan.
-Tumandagi “Dilshodjon Dilmurodjon Ishonch” fermer xo‘jaligi tomonidan 10 gektar bog‘ maydoniga tomchilatib sug‘orish texnalogiyasi o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, xozirga qadar, 2 gektar bog‘ maydonida zamonaviy innovatsion texnologiyalar o‘rnatildi.
Shuningdek, “Ilg‘or agro texnalogiya”, “Siyob Shavkat Orzu”, “Net Produk” “Xudayberdiyev Ozod”, “Amirjon Anvarjon bog‘lari” singari o‘nlab fermer xo‘jaliklari tomonidan suv tejamkor uskunalarni o‘rnatish yuzasidan qurilish-ta'mirlash, rekonstruksiya ishlari nihoyasiga yetmoqda.
“O‘zagroinspeksiya”ning tuman bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda suv tejamkor texnologiyalar joriy etilishi yuzasidan belgilangan loyihalarning o‘z vaqtida amaliyotga tadbiq etilishi qattiq nazoratga olingan.
Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, mavjud 63 ta fermer xo‘jaliklarining 12 ming 300 gektar yer maydonlarini sug‘orish uchun, tuman irrigatsiya bo‘limiga qarashli 7 dona xo‘jaliklararo kanal mavjud bo‘lib, ularning umumiy uzunligi 33 kilometrni tashkil etadi. Mazkur sug‘orish inshootlaridagi 95 dona gidrotexnik inshoatlar va 67 dona gidropostlar orqali suv resurslari bilan ta'minlanadi.
Shuningdek, inspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan, suv iste'molchilari tomonidan suvdan foydalanish ahvoli doimiy ravishda tahlil qilib borilmoqda. O‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida 16 nafar fuqarolar tomonidan suvdan maqsadli foydalanmasdan suvni bexuda oqizib qo‘yish holatlari aniqlanib, ushbu fuqarolarga nisbatan suvdan foydalanish qoidalarini buzganligi yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasiga asosan, huquqiy ta'sir chorasi ko‘rildi,-deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Toyloq tumani bo‘limi katta inspektori Ubaydillo Rasulov.
Ma'lumot o‘rnida: 2021 yilda Samarqand viloyatida 19 ming 329 gektar yer maydonida suv tejamkor uskunalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shuning 19 ming 146 gektari tomchilatib, 183 gektar yomg‘irlatib sug‘oriladi.
Hozirga qadar 797 ta fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalari tomonidan suv tejamkor uskunalar joriy etish yuzasidan ish olib borilmoqda.
Ushbu loyihalar hayotga to‘liq tadbiq etilgach, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda suv resurslari tejalishi bilan birga, mo‘l hosil olish imkoniyati yaratiladi.


Kiritilgan vaqti: 30/04/2021 16:57;   Ko‘rilganligi: 6
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing