78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Urgutda SamDUning filiali tashkil qilinadi, tibbiyot fakulteti ochiladi

Bugungi kunda Urgut tumanida 550 ming aholi yashaydi. Shavkat Mirziyoev bu yerda tadbirkorlikni rivojlantirishga asos borligini qayd etdi:

- “Urgut” erkin iqtisodiy zonasiga berilgan imtiyozlarni barcha tuman va shaharlarga qo‘llash hamda har biriga kamida 50-100 million dollar investitsiyalarni jalb qilish hisobiga, 200 gektar maydonda 1 milliard dollarlik qo‘shimcha sanoat loyihalarini amalga oshirish lozim.

Loyihalarni sifatli ishlab chiqish uchun Loyihalar fabrikasining “Urgut ofisi” tashkil qilinadi.

Prezident Urgut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ikki oy muddatda Hukumat qarori loyihasini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bunda Samarqand davlat universitetining Urgut filiali tashkil qilinadi. Hududda aholi ko‘p ekani inobatga olinib, tibbiyot fakulteti ham ochiladi.


Kiritilgan vaqti: 20/04/2021 16:06;   Ko‘rilganligi: 11
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing