78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Viloyat ma'muriy markazi Gulobodga ko‘chiriladi, Samarqand shahrida 5 ta yangi tuman tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoev Samarqand shahrini 1 million aholi yashaydigan yirik shaharga aylantirish uchun Samarqand, Past Darg‘om, Toyloq va Oqdaryo tumanlari hududidan 18 ming gektar yer maydonini qo‘shib berish va viloyat ma'muriy markazini Gulobodga ko‘chirish bo‘yicha Samarqand faollarining takliflarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

- Samarqand shahrini odamlarga yashash uchun qulay, turistlarga maqbul shahar qilish shart, dedi Prezident. - Shahar kengaygandan keyin mahallalar ko‘payadi, infratuzilma shakllantirish zarur.

Boshqaruv tizimini yaxshilash uchun Samarqand shahrida keyinchalik bosqichma bosqich 5 ta: So‘g‘diyona, Siyob, Bog‘ishamol, Maroqand va Qorasuv tumanlari tashkil etiladi.


Kiritilgan vaqti: 20/04/2021 16:07;   Ko‘rilganligi: 12
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing