78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Xalqaro konferensiyada suvdan foydalanish masalalari e'tiborda bo‘ladi

2019 yil 19-20 fevral kunlari Toshkent shahrida «Markaziy Osiyoda o‘zaro uyg‘unlik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Unda mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va xavfsizlik, savdo, transport, ta'lim va ilm-fan sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Forumda suvdan foydalanish mavzusiga alohida e'tibor qaratilishi, xususan, suv-ekologiya va energetika sohalarida hamkorlik masalalari bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishi o‘tkazilishi, unda O‘zbekistondan, xorijiy mamlakatlardan yetuk mutaxassislar va ekspertlar hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillarining ma'ruzalar bilan chiqishi kutilmoqda.

Konferensiya O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilmoqda.

Forumga Afg‘oniston, AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Isroil, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Kanada, Misr, Xitoy, Quvayt, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Turkiya, Vengriya, Ukraina, O‘zbekiston, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Yaponiya tahliliy markazlarning 100 dan ortiq vakillari taklif etilgan.

Tadbirda Yevropa ittifoqi, Shimoliy kengash, Amerika davlatlari tashkiloti, Arktika maslahatlashuv kengashi mintaqaviy tuzilmalari, shuningdek, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa investitsion banki va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari ham ishtirok etadi.

Manba: water.gov.uz


Kiritilgan vaqti: 13/02/2019 17:33;   Ko‘rilganligi: 341
 
Tarkibiy bo‘linmalar
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing