DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Tomchilatib sug‘orish jarayonida begona o‘tlarga qarshi kurashning kimyoviy usullari

Kimyoviy usul, ya'ni gerbitsidlarni qo‘llab begona o‘tlarni yo‘qotish yuqori samarali usul bo‘lib, uni qo‘llash natijasida tuproqqa mexanik ta'sir qilish sezilarli darajada kamayadi.

O‘simliklarni qurituvchi yoki o‘sishini to‘xtatuvchi kimyoviy vositalarga gerbitsidlar deyiladi.

Gerbitsid qo‘llanadigan dalalarni avval yaxshilab tekislash talab qilinadi. Tekis dalalarga sepiladigan gerbitsidlar tekis tarqaladi va bu o‘z navbatida, gerbitsidlarning samaradorligini oshiradi hamda ta'sir davrini uzaytiradi.

Yaxshi tekislanmagan, ayrim joylarida suv to‘planib qolgan dalalarda ko‘p gerbitsidlar tez parchalanib ketadi va ularning samarasi tubdan pasayib ketadi.
Ekin ekishdan oldin dalani cyg‘opush begona o‘tlarning urug‘larini unib chiqishga majbur qiladi va o‘tlarning paydo bo‘lgan maysa va nihollari bilan kurashish imkoniyatini yaratadi.

Bu tadbir keyingi davrda begona o‘tlar paydo bo‘lishini butunlay bartaraf qilmasa ham, zararlanish darajasini keskin kamaytiradi.

Shu bilan birga, sug‘orish dalani ekishga puxta tayyorlashga, tuproq kesaksiz bo‘lishi va gerbitsidlarni samarali ishlatishga imkoniyat yaratadi.

Kesagi ko‘p tuproqqa ekishdan oldin kiritiladigan yoki purkaladigan gerbitsidlarning begona o‘tlarga qarshi samarasi keskin pasayib ketadi.

Ekin nihollari unib chiqqandan so‘ng dalaga suv qo‘yish, ularning tez o‘sishi va begona o‘tlar bilan raqobat qilish qobiliyatini oshishiga imkoniyatlar yaratadi.


Kiritilgan vaqti: 03/11/2022 11:21;   Ko‘rilganligi: 773
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing