DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Tomchilatib sug‘orish jarayonida gerbitsidlar va ularning turlari

Yoppasiga tasir qiluvchi gerbitsidlar barcha o‘simliklar uchun zaharlidir. Tanlab ta'sir qiluvchi (selektiv) gerbitsidlar ba'zi o‘simliklaruchun kuchli zaharli, boshqalari uchun zararsiz yoki kam zaharli.

Tanlab ta'sir qiluvchi gerbitsidlar sirtdan va tizimli ta'sir qiluvchi gerbitsidlarga bo‘linadi.

Sirtdan ta'sir qiluvchi gerbitsidlar begona o‘tlarning faqat purkalganda borib tekkan organlariga zarar yetkazadi (misol uchun oksifluorfen, MSMF, DSRA). Qalin po‘stloqli, tanasi mum yoki tuklar bilan zich qoplangan hamda ildizlari tuproqqa chuqur joylashgan o‘simliklar ko‘pchilik sirtdan ta'sir qiluvchi gerbitsidlarga chidamlidir.

Tizimli ta'sir qiluvchi gerbitsidlar o‘simlikning tomirlarida harakatlanib, uning barcha qismlariga tarqaladi, hujayralarga so‘riladi, ularni zaharlaydi va o‘simlikni nobud qiladi. Bunday gerbitsidlar ildizi chuqur joylashgan kup yillik begona o‘tlar va butalaraga ham samarali ta'sir qiladi.


Kiritilgan vaqti: 05/11/2022 10:18;   Ko‘rilganligi: 734
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing