DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Zaytun daraxtlarni sug‘orish

Zaytun o‘simligi ko‘p o‘simliklarga qaraganda yuqori darajada qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan boshqa o‘simliklardan ajralib turadi.

Zaytun suvni tejab foydalanadigan ekinlar turiga kiradi. Qurg‘oqchil, suv tanqis holatda ham u o‘sib rivojlanadi, ammo beradigan mahsuloti noqulay sharoitlarda kamayadi. Zaytunning o‘sib rivojlanishi ham sustlashadi, hosil bo‘ladigan yon shoxlar, novdalar, barglar soni kamayib ketadi. Ushbu holatlar yuz bermasligi uchun doimo zaytun ekilgan maydonlar o‘sish davrida to‘liq suvga qonishi uchun sug‘orish ishlarga e'tibor berish lozim. Har bir o‘simlik kabi zaytun ham rivojlanish fazasining ma'lum davrlaridagina suvga talabchan bo‘ladi, ana shu davrlardagina o‘simlikni suv bilan ta'minlash lozim. Zaytunning ko‘p suv talab qiladigan davrlari quyidagilardir:

  • meva tugishi va meva shakllanishi jarayonida;
  • gul shingillarini hosil qilishi va gullari ochiladigan oylar davomida;
  • yoz oylari davomida.

Bunda parlanish darajasi yoki transpiratsiya jarayoni kuchli va daraxtlarning suv talab qilishi, ayniqsa, yosh daraxtlarda yuqori darajada bo‘ladi.

Daraxtlarni gullash vaqtida sug‘orish tavsiya etilmaydi.

Zaytun daraxtlarini sug‘orish uchun zarur bo‘lgan suv miqdori taxminan bir gektarga o‘rtacha 5000-6000 m3, yiliga 10-12 sug‘orish amalga oshiriladi.

Bog‘da tomchilab sug‘orish tizimi olib borilganda 1 gektar maydon uchun kerakli suv miqdori kamayadi va 1 gektar uchun 2500-3000 m3 miqdorida suv bilan sug‘orilishi kerak bo‘ladi.

Sug‘orishda yomg‘ir suvlaridan foydalanilgan holatlarda daraxtlar atrofida suvni to‘plash va daraxtni sug‘orish uchun hovuzlar qilinish orqali suv to‘plashga erishiladi. Hozirgi kundagi suv tanqisligini e'tiborga olib, har bir tomchi suvdan zaytun yoki boshqa bir daraxt turlarini sug‘orishda foydalanish lozim. Maxsus hovuzlar orqali suv to‘plash ishlari olib borilsa, suv sarfining kamayishiga olib keladi.

Sug‘oradigan suvlar nisbatan sho‘r bo‘lgan holda zaytun daraxti sho‘rga chidamli, kalsiy karbonatli va sulfatli sho‘rlanishga bardosh beradi. Daraxtlarning o‘rtacha o‘sishi va hosil berishi sug‘oriladigan suvlarda sho‘r tuzlarning belgilangan miqdordan oshishiga qarab kamayadi. Sho‘rlangan tuproqlarda yomg‘ir yog‘ayotganda sug‘orish eng yaxshi agrotexnik tadbirlardan hisoblanadi, ushbu tavsiyani boshqa ekinlarda ham sinab ko‘rish mumkin. Bu tadbir tuproqdagi mavjud tuzlarning o‘simlik ildizlari joylashgan gorizontlarga tarqalib ketmasligi uchun amalga oshiriladi.


Kiritilgan vaqti: 12/12/2022 17:04;   Ko‘rilganligi: 1618
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing