DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

SAMARQANDLIK SUVCHILAR BAYRAMNI MUNOSIB NISHONLAYDI

Suvchilar orasida dorilamon kunlarga shukronalar aytish, ehtiyojmandlarga yordam berish, keksalarni e'zozlash, bemorlar holidan xabar olish, mehr-muruvvat, oqibat ko‘rsatish ezgu an'anaga aylangan. Bu fazilatlar, ayniqsa, davlatimiz qomusi bo‘lgan “Konstitusiyamizning 30 yillik” bayrami  shuningdek, “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” arafasida joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 

Bilasiz, o‘zbek xalqi azal-azaldan o‘zining sahiyligi va inson qadrini har qanday narsadan ustun qo‘yishi hamda uni e'zozlashi bilan ham ajralib turgan.

Yuqorida takidlangan so‘zlarni o‘ziga shior qilgan Zarafshon irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i F.Radjabov hamda tuman irrigasiya tizimi va tuman irrigasiya bo‘limi boshliqlari boshchiligida hayrli ishlarga qo‘l urishmoqda. Tizimda tashkil qilnayotgan yordamchi xo‘jaliklardan orttirilgan daromadlar hisobidan xodimlarga, go‘sht (mol, qo‘y va tovuq) maxsulotlari, tuxum, kartoshka, sabzi, piyoz, karam, sholg‘om, turp kabi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda. Xodimlarga bayramni oila davrasida munosib nishonlashlari uchun berilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari barchani birdek xursand qildi. Suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan yordamchi xo‘jaliklarda tashkil qilingan oziq-ovqat mahsulotlari mutasaddilar tomonidan teng taqsimlandi. Shuningdek, boshqarma tomonidan “O‘zbekiston Konstitusiyasining 30-yilligi” hamda “Qishloq xo‘jaligi xodimlar kuni” munosabati bilan suv xo‘jaligi sohasidagi samarali mehnatlari uchun bir guruh tizim xodimlariga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirilmoqda.

Shu kabi tadbirlar quyi tizimdagi barcha tashkilotlarda ham qizgin o‘tkazilmoqda.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 10/12/2022 17:01;   Ko‘rilganligi: 772
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing