DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

URGUT TUMANI NASOS STANSIYASIDA O‘QUV SEMINARI

Zarafshon ITHB huzuridagi Darg‘om irrigatsiya tizimi boshqarmasi Yangi Urgut kanali PK 132+00 gidrouzilida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Zarafshon ITHB huzuridagi Darg‘om irrigatsiya tizimi boshqarmasi Yangi Urgut kanali PK 132+00 gidrouzilida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar Zarafshon ITHB boshlig‘i A.Boysariyev boshchiligida olib borildi. Unda joriy yilda rejalashtirilgan ta'mirlash-tiklash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar, shuningdek, stansiya atrofidagi ekin maydonlaridan samarali foydalanish, yordamchi xo‘jalik mahsulotlarining hajmini oshirish hamda rivojlantirish jamg‘armalariga mablag‘lar tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda barcha ishchi-xodimlarning shaxsiy mas'uliyati va javobgarligini oshirish maqsadida suhbat olib borildi. Shu bilan birga, boshqarmada elektr energiyasini iqtisod qilish, stansiyalarda raqamli texnologiyalarni joriy qilish maqsadida qilinayotgan ishlar yuzasidan muntazam axborot berib borilishini ta'minlash topshirildi.

Hozirda suv xo‘jaligi tizim tashkilotlari balansidagi obyektlarning ochiq maydonlaridan unumli foydalanish maqsadida yordamchi xo‘jalik tashkil etilishi va rivojlantirishga katta e'tibor berilmoqda. 

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 10/06/2024 10:24;   Ko‘rilganligi: 141
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing