DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Bulung‘urda qishloq xo‘jaligida yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning 2023-yil 24-avgust kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda tasdiqlangan 25-sonli yig‘ilish bayonida “Turonbank” ATBga Bulung‘ur tumani “Xo‘jamazgil” MFY hududida ishsizlikni qisqartirish va aholini ish bilan ta’minlash maqsadida, 2 ming gektar lalmi yer maydonini sug‘oriladigan yerlar toifasiga o‘zgartirish va kartoshka yetishtirishni yo‘lga qo‘yish uchun 2 ta suv haydash nasosi, 4 km suv yurish quvuri va 1 dona transformator o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Hududda bu boradagi ishlar allaqachon boshlab yuborilgan bo‘lib, ayni kunlarda o‘z yakuniy bosiqichiga kelmoqda. “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Ch.S.Mirzayev Bulung‘ur tumanida bo‘lib, tuman hokimi S.Astonov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agenligi raxbari N.Yu.Abdullayev, soha mas’ullari hamrohligida vazifalar ijrosi bilan joyida tanishdi.

Loyiha “Turonbank” ATB ta’sischiligidagi “Turon Plaza Hotel” MChJ tomonidan moliyalashtirilib, bugungacha 2 ta yo‘nalishda jami 4 km truba uchun kotlovan qazilib, 2 km masofadagi eski trubalar chiqarib olingan va yaroqliligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazilgan. Shuningdek, 720 dm.lik 2 000 metr yangi trubalar olib kelingan, yangi trubalar bilan birgalikda yaroqli bo‘lgan eski trubalar izolyatsiya qilinib, o‘rnatilgan.

Nasos stansiya yaqinidagi asosiy hovuz va dala ichidagi suvni qabul qiluvchi hovuz qurib bitkazilgan. Shuningdek, nasos stansiya binosi qurilib, chegara hududi yevrozaborlar bilan o‘raldi. 

“To‘palang HPD Holding” MChJ va “Suvmash” AJ o‘rtasida 2,5 mlrd.so‘mga imzolangan shartnomaga muvofiq, “Suvmash”AJ tomonidan elektrodvigatellar labartoriya va ekspertizadan o‘tkazib, tayyor holga keltirilgan. 

Bundan tashqari, “Samarqand suv qurilish invest” DM buyurtmasi asosida “O‘zsuvloyiha” AJ tomonidan qo‘shimcha loyihachi bilan birgalikda elektr energiyasi tarmog‘ini tortish loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, “To‘palang HPD Holding” MChJ va “Zavod NVA” MChJ QK bilan 4,2 mlrd. so‘mga shartnoma imzolangan. Bugungi kunda “To‘palang HPD Holding” MChJ tomonidan elektr tarmog‘ini tayyorlov ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur nasos stansiyalari “To‘palang HPD Holding” MChJ tomonidan 2024-yilning 1-oktabrgacha ishga tushirilishi belgilangan.

Bundan tashqari, loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish maqsadida “Turonbank” ATB tomonidan “Original Project” MChJ jalb etilib, 2 ming gektar yer maydonida tomchilatib sug‘orish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil etish maqsadida loyiha smeta hujjatlari (yer tofiasiga asosan lotlarga bo‘lish, tuproq unumdorligi aniqlash, tomchilatish tizimi, gidrantlar va kichik hovuz o‘rnatish, ekiladigan ko‘chat navi va hosildorlik) ishlab chiqilgan.

Shuningdek, Bulung‘ur tumani hokimligining taklifiga asosan ushbu loyihachilar bilan birgalikda 2 ming gektar yerni tadbirkor va fermerlarga auksion orqali sotish maqsadida, 10 gektardan 204 ta lotlarga ajratib chiqilgan. Bugungi kunda mazkur lotlarning 114 tasi auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shundan 74 tasi auksion savdolarida sotilgan, 35 tasida jarayon davom etmoqda, qolgan lotlar bo‘yicha auksion savdolariga chikarish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, loyihani ikkinchi bosqichi doirasida tadbirkor va fermerlarga sug‘orish uchun “Turonbank” ATB tomonidan “O‘zsuvloyiha” AJ jalb etilib, asosiy hovuzdan 204 ta lotlarga suvni yetkazish maqsadida loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan ushbu yirik loyiha ishga tushishi natijasida yangi yerlar o‘zlashtirilib, yangidan-yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahalliy aholi uchun yangi daromad manbayi yaratilib, qo‘shimcha qiymat yaratilishi kutilmoqda.

Darhaqiqat, bugun davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyili asosidagi insonparvar, xalqparvar siyosat natijasida yurtdoshlarimiz ertani kutib emas, bugunidan mamnun bo‘lib yashashlari uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.


Kiritilgan vaqti: 24/09/2024 11:34;   Ko‘rilganligi: 84
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing