DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

DOLZARB MASALALAR E'TIBOR MARKAZIDA

Samarqand viloyati Bulung‘ur tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasida mas'ullar hamda DM xodimlari ishtirokida amaliy ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati Bulung‘ur tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasida mas'ullar hamda DM xodimlari ishtirokida amaliy ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidan asosan:

 Suv xo‘jaligi tizim tashkilotlarini oliy ma'lumotli malakali kadrlar bilan ta'minlash;

 Yuridik xizmat faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

 Xujjatlar bilan ishlash;

 Ijro intizomi kabi muhim masalalar o‘rin oldi.

Amaliy ko‘rgazmali seminarda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Turniyazov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5-sonli qarorining mazmun mohiyati, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etishdan asosiy maqsad suvni iste'molchilar kesimida shartnoma asosida yetkazib berish ekanligi, “Suv tekin emas” tamoyili asosida suv iste'molchilarga tushuntirish, olinayotgan suvning hisob-kitobi to‘g‘riligiga alohida mas'uliyat bilan yondashish DM ning har bir ishchi-xodimining vazifasi ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti Samarqand mintaqaviy markazi direktori Sh.Turayev so‘zga chiqib, iste'molchilar bilan shartnomalarni rasmiylashtirish, suv o‘lchash tadbirlarini olib borish, oldi-berdi jurnallari va dalolatnomlarni rasmiylashtirish, suv o‘lchash tadbirlarini amalga oshirish uchun gidropost qurish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shuningdek, seminarda tuman SEBX DM rahbari tomonidan vegetatsiya davri uchun iste'molchilar kesimida tuman Xalq deputatlari Kengashi qarori tasdiqlanib, suv iste'molchilari bilan DM o‘rtasida 1118 dona (100%) shartnomalar tuzilib, bu bo‘yicha ishlar yakunlanganligi hamda 1-yanvardan 14-maygacha jami 6,61 mln.m3 suv iste'molchilarga yetkazib berilganligi, shundan 1-may holatiga ko‘ra, 5,09 mln.m3 soliqqa tortiladigan suv bo‘yicha soliq idoralariga ma'lumot taqdim qilinganligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Shu bilan bir qatorda Bulung‘ur tuman SEBX DMda jumladan kadrlarni joy-joyiga qo‘yish, suv oldi-berdi jurnallarini ikki tomonlama aniq yuritish, suv yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarga Adliya idoralari xulosasini olish ishlarini yakunlanmaganligi kabi bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ularni zudlik bilan qisqa muddatlarda bartaraf etish kerakligi ta'kidlandi.

Amaliy seminarda DM ishchi xodimlariga mavzuga oid va boshqa bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish maqsadida fermer xo‘jaliklari hamda MFY vakillarining takliflari ham tinglandi.

O‘zaro muloqotlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.

Zarafshon ITHB Matbuot xizmati

 

 


Oxirgi o‘zgarish: 22/05/2024 11:38;   Ko‘rilganligi: 132
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing