HUDUDLARDAGI VAZIYAT O‘RGANILDI
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mahmud Turniyozov boshchiligidagi ishchi guruh Urgut tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi faoliyati bilan tanishdi.
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mahmud Turniyozov boshchiligidagi ishchi guruh Urgut tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi faoliyati bilan tanishdi.
M.Turniyozov, Urgut tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasini faoliyati bilan tanishar ekan, Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosining so‘zsiz ta'minlanishi zarurligi haqida fikr yuritdi.
Shuningdek, suv xo‘jaligi tizimidagi tashkilotlar safi oliy ma'lumotli va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirib borish, ish yuritishda ijro intizomiga qatiy rioya qilish, hujjatlar bilan ishlash masalalariga alohida ta'kidlab o‘tdi.
Ishchi guruh Urgut tumaning Quyiqishloq, Uzun, Sanchiqul, Beshkapa, O‘riboyjar, Qayroqli, O‘ramas, Qoyibota kabi mahallarda bo‘lib, u yerdagi sug‘orish irrrigatsiya tizimlarining qanday tashkil etilgani bilan yaqindan tanishishdi.
Zarafshon ITHB Matbuot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 22/05/2024 09:43; Ko‘rilganligi: 111